FUKO MAYATNIGI
FUKO MAYATNIGI – yerning o’z o’qi atrofida aylanishini tasdiqlovchi tajribani namoyish qiladigan qurilma. Fuko mayatnigi uzun sim yoki ipga osilgan og’ir yuk bulib, u har qanday vertikal tekislikda tebrana olishi kerak. Agar Fuko mayatnigini vertikaldan og’dirib, qo’yib yuborilsa, unga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchi va ipning taranglik kuchi hamma vaqt mayatnikning tebranish tekisligida yotadi hamda bu tekislikni yulduzlar bilan bog’langan sanoq tizimiga nisbatan bura olmaydi. Yerda turgan va yer bilan birga aylanayotgan kuzatuvchi Fuko mayatnigining tebranish tekisligi yerga nisbatan uning aylanishiga teskari yunalitshda sekin burilayotganini ko’radi. Xuddi shu hol yerning o’z o’qi atrofida aylanishini isbotlaydi. Uzunligi 67 metr bo’lgan birinchi Fuko mayatnigini frantsuz fizigi J.B.L.Fuko 1851 y.da Parijdagi Panteon binosiga o’rnatdi. Sankt-Peterburgdagi Isaak ibodatxonasiga o’rnatilgan Fuko mayatnigining uzunligi 98 metr bo’lgan.