FTALAT KISLOTALAR
FTALAT KISLOTALAR, benzol dikarbon kislotalar, S6N4(soon)2 — aromatik qatorning 2 asosli karbon kislotalari. 3 ta izomer holida mavjud: orioftalat yoki to’g’ridan-to’g’ri ftalat kislota (suyuqlanish temperaturasi 200°); metaftalat yoki izoftalat kislota (suyuqlanish temperaturasi 348°); paraftppat yoki tereftalat kislota (suyuqlanish trasi 425°). Ftalat kislotalar — amaliy jihatdan suvda erimaydigan kristall moddalar. O. Ftalat kislotalar sanoatda fshalat angidrid holida olinadi. O. Ftalat kislotalarning o’rta efirlari qaynash temperaturasi yuqori bo’lgan moysimon suyuqliklar, plastifikatorlar, manometr suyuqliklari, vakuum nasoslarning ishchi suyuqliklari sifatida ishlatiladi. Ftalat kislotalarning muhim hosilalaridan dimetiltereftalat polietilentereftalat sintezida qo’llanadi.