FOSFAMID
FOSFAMID, bi58, rogor (S5N,2 NO, PS2) — sirtdan va singib ta’sir etuvchi insektisid va akarisid. 40% li emulgirlanuvchi kukun holida ishlab chiqariladi. O’simlikxo’r kanalar, shira, tripe hamda barg kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda ko’llaniladi. Ta’sir qilish muddati 10-15 kun. Sarf me’yori 1,5—2,5 kilogramm/gektar. Beda va boshqa ekinlarda Fosfamidning 1,5% li superfosfat bilan donador aralashmasi ekish bilan birga solinadi. O’rgimchakkana, shira, kuzgi tunlam qurtlariga qarshi qo’llaniladi. Sarf me’yori 50-70 kilogramm/gektar. Zahari o’rtacha.