FORS
FORS — Eronning Janubidagi tarixiy viloyat. Qadimda Persida (yunoncha), Porso (qadimgi forscha; Arabcha shakli — Fors). 7-asrda Forsni arablar bosib olib, uning bosh shahri Istaxrni vayron qilishgan. 7-asr oxirlarida Fors — xorijiylar harakati tarqalgan hudud. Fors Buvayhiylar, Solg’uriylar, Muzaffariylar, Zendlar davlatining o’zagini tashkil etgan. Bu davlatlarning markazi Sheroz shahri bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- FORSLAR
- FORSUNKA
- FORS TILI
- FORS-MAJOR
- FORS QO’LTIG’I
- FORSMAN (FORSSMANN) VERNER
- FORS QO’LTIG’I NEFT-GAZ HAVZASI





