KITAKAMI
KITAKAMI — Yaponiyadagi tog’, Xonsyu orolining shimoli-sharqida. Uzunligi 200 kilometr, kengligi 60 kilometr chamasida, eng baland joyi 1914 metr (Xayatine cho’qqisi). G’arb tomondan Kitakami va Mabeti daryolari vodiylari bilan chegaralangan, Sharqiy yon bag’ri ko’plab qo’ltiq va buxtalarni hosil qilgan holda tinch okeanga tutashgan.