KINOJURNAL

KINOJURNAL (kino… va jurnal) — kundalik turmush va xalqaro ijtimoiy-siyosiy voqealarga bag’ishlab davriy chiqarib turiladigan kinofilm turi. O’zbekistonda 1960 yilgacha “O’zbek Davlat kinojurnali”, “Sovet O’zbekistoni”, “Ordenli O’zbekiston” va boshqa Kinojurnallar chiqarilgan. 60-70-yillardan “O’zbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi” ularning o’rniga kinoalmanaxlar chiqardi, hozir esa faqat hujjatli filmlar, shuningdek, “Nashtar”, “Zumrasha” hajviy Kinojurnallari ishlanmoqda.