KLARK CHARLZ
KLARK CHARLZ (1741-1779.22.8, Petropavlovsk-Kamchatskiy) — ingliz dengizchisi. To’rt marta dunyo aylana sayohatda qatnashgan: 1764-66 yillarda Jon Bayron ekspeditsiyasida, 1768— 71, 1772-75 va 1776-79 yillarda J. Kuk ekspeditsiyalarida. 1779 yil 14 Fevralda Kuk halok bo’lgandan keyin Klark ekspeditsiyani boshqarib, kemalarni Gavayi orollaridan Chukotka dengizi tomon olib bordi, Lekin 70° shu kabilarga yetmasdan yirik muzlarga duch kelib orqaga qaytishga majbur bo’ldi. Petropavlovsk-Kamchatskiyda vafot etgan va o’sha yerga dafn qilingan. Klark nomiga Atlantika okeanining Janub qismidagi qoyalar qo’yilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Klarklar
- Klark, elementlar klarki
- Klarnet
- KLASSIK ELEKTRODINAMIKA
- Klassik siyosiy iqtisod maktablari
- Klassik ta’lim
- KLASSIKA
- Klassisizm




