KOMILOV KABIR

KOMILOV KABIR (1911.19.11 – Toshkent — 1998.27.12) — huquqshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989). Toshkent yuridik institutida o’qigan (1935-39). Adliya xalq komissarligi tizimida ishladi: O’zbekiston SSR Adliya vaziri (1944-47), respublika Oliy sudi raisi (1947-50). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi huquq bo’limida (1951-58) katta ilmiy xodim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumida ilmiy kotib muovini (1960-66). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1958-60), sho’ba mudiri (1968 yildan). Komilov mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi to’g’risidagi qonunlarni hayotga joriy etishning huquqiy muammolari ustida ilmiy tadqiqotlar olib bordi.