KRIVOY ROG
KRIVOY ROG — Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar (1919 yildan), Ingules daryosining bosh qismida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 711 ming kishi (1997). Krivoy Rog temir ruda havzasi markazi. Kon boyitish kombinatlari, metallurgiya kombinati, koks kimyosi zavodi, mashinasozlik (kon jihozlari), yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. 2 oliy o’quv yurti, teatr, tarix-o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Krivoy Rogga 1775 yil asos solingan.