KO’LBORILON
KO’LBORILON, ko’lvorilon (Viperalebetina), gyurza — qora ilonlar oilasiga mansub zaharli ilon. Uzunligi 1,6 metrgacha. Tanasining usti sarg’ish yoki qizg’ish-malla rangda bo’lib, ko’pincha kulrang yoki qizg’ish kundalang dog’lar bilan qoplangan. Afrikaning shimoli-g’arbidan va O’rta dengizdagi ayrim orollardan to Pokiston va shimoliy-G’arbiy Hindistongacha bo’lgan hududlarda, Kavkazning Sharqiy qismida, Qozog’iston Janubda va O’rta Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonda Xovos atrofida, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Mayda qushlar, sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Tunda faol. 3 yoshida voyaga yetadi. Zahari tibbiyotda ishlatiladi.