KO’Z YOSHI
KO’Z YOSHI — ko’z yoshi bezida ishlanib chiqadigan suvga o’xshash tiniq suyuqlik. Ko’z yoshida 98,2% suv va 0,8% mineral moddalar, 0,1% oqsil va boshqa moddalar bor. Ajralib chiqqan Ko’z yoshi qovoqlar yumilganda ko’zning butun yuzasini bir tekis namlaydi, qolgan qismi yosh kanalchalari, yosh xaltachasi va yosh-burun kanali orqali burun bo’shlig’iga o’tadi. Ko’z yoshi mugo’z pardani qurib qolishdan saqlash bilan birga, uning tiniq turishiga ham yordam beradi. Ba’zan qovoqlardagi yot jismlarni yuvib ketadi. Bundan tashqari, yoshdagi lizosim fermenti mikroblarni o’ldirib, ko’zni turli kasalliklardan saqlashda muhim rol o’ynaydi.