INDOL

INDOL (2,3-benzopirrol) — kuchsiz naftalin hidli, rangsiz kristall. Molekulyar modda 117,8; zichligi 1072 kilogramm/metr kub, suyuqlanish temperaturasi 52,5°,qaynash temperaturasi 254°, haydalish temperaturasi 150°. Issiq suv va organik erituvchilarda eriydi. Tozalangan Indol xushbuy. Ba’zi efir moylari (masalan, Jasmin moyi)da, toshko’mir smolasida (undan Indol ishqoriy metallar tuzi sifatida ajratib olinadi) bor, Indol skatol (3-metilindol) bilan birgalikda odam va sut emizuvchilar ichagida topilgan. Indolning ko’pgina hosilalari, masalan, 3-indolilsirka kislota (geteroauksin A — o’stiradigan modda), serotonin va rezerpinlar biologik jihatdan faol moddalardir. Indol geteroauksin va triptofanni sintez qilishda hom ashyo sifatida, shuningdek, atir-upa va dori-darmon (masalan, indopan, indometasin) ishlab chiqarishda qo’llaniladi.