KELVIN
KELVIN — xalqaro birliklar tizimisida termodinamik temperaturalar birligi. U. Tomson (Lord Kelvin) sharafiga qo’yilgan. Suvning uchlama nuqtasi (suyuq, gaz, muz) termodinamik temperaturasining 1/273,16 qismiga teng. K bilan belgilanadi. 1968 yilgacha Kelvin gradusi (°K) deb yuritilgan. Kelvin xalqaro amaliy temperatura shkalasi birligi sifatida qo’llaniladi.