KINDIA
KINDIA — Gvineya Respublikasining Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. Kindia viloyatinig ma’muriy markazi. Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtasi). Temir yo’l va shosse yo’li orqali Konakri shahri bilan bog’langan. Qishloq xo’jalik rayonining (banan, ananas, sholi, tsitrus mevalar) savdo markazi. Oziq-ovqat va yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. Kindia yaqinida yirik boksit konlari ochilgan.