Olmosning mustahkamligi qay darajada?
Agar qo’lingizda biroz zamazka (teshik-yoriqlarni bekituvchi yopishqoq qorishma) bo’lsa, siz uni yanada quyuq va qattiqroq qilish uchun nima qilgan bo’lardingiz? Albatta, siz uni oylab yanada pishitasiz, quyuqligini oshirasiz, iylab pishirganingiz sari uning quyuq-qattiqligi oshib boraveradi. Olmoslar ham tabiatda xuddi shu tarzda paydo bo’lgan. Bundan yuz million yillar ilgari yerning sirti asta-sekin soviy boshlagan. Ayni paytda uning qa’rida tog’ jinslarining cho’g’simon ulkan suyuq massasi mavjud bo’lgan. Ularga yuqori harorat va yuqori bosim muttasil ta’sir ko’rsatib turgan. Uglerod xuddi shunday bosim ostida “olmos” deb ataluvchi nodir toshga aylangan. Olmoslar — yerda mavjud eng qattiq, berch moddadir. Biroq bu “qattiqliq”ning salmog’ini aniq belgilash ancha mushkul ish. Bir ma’danning qattiqligini aniqlash uchun uni boshqa ma’dan bilan tirnab ko’riladi. 1820 yilda mos degan olim xuddi shu usul asosida metallar qattiqligining jadvalini tuzdi. Mazkur jadvalga ko’ra, ma’danlar o’z qattiqligi jihatidan quyidagi tartibda joylashadi: 1. Talk. 2. Gipe. 3. Kaltsitlar. 4. Flyuoritlar. 5. Apatitlar. 6. Dala shpati. 7. Kvars. 8. Topaz. 9. Korund. 10. Olmos. Bu ko’rsatkichlar bir ma’danning boshqasiga nisbatan qattiqligiga asoslanadi. Lekin keyinchalik ma’lum bo’ldiki, garchi jadvalda korund to’qqizinchi va olmos o’ninchi o’rinni egallasa-da, ularning qattiqlik jihatidan o’zaro farqi to’qqizinchi va birinchi o’rinlar oralig’idagi ma’danlar qattiqliklari farqidan ham katta ekan. Shu boisdan olmosning qattiqligini hech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Darvoqe, olmos bu qadar qattiq ekan, ularga qanday qilib ishlov beriladi? Olmosni faqat olmos bilan kesish mumkin. Olmosni sayqallovchilar kesadigan qirralari olmos changlari bilan qoplagan uskunalardan foydalanishadi. Sayqallash ishlarini bajarish uchun olmosdan tayyorlangan charxtoshlar va kesish qurollari har xil maqsadlarda qo’llaniladi. Masalan, optikaviy shishalarni silliqlash, misdan, jezdan, boshqa metallardan xilma-xil asbob-uskunalar yasash, oyna kesishda ishlatiladi. Hozirgi kunda tabiat zaxirasidan olinayotgan olmosning 80 foizi sanoatda ishlatilmoqda.