XUAYNAN
XUAYNAN — Xitoyning Sharqiy qismidagi shahar, Xuayxe daryosi bo’yida, Anxoy provintsiyasida. Aholisi 1,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Toshko’mir havzasi markazi. Qora metallurgiya, konchilik mashinasozligi, qog’oz va o’g’itlar ishlab chiqarish, rezina, farmatsevtika korxonalari mavjud. Yirik issiqlik elektr stansiyasi qurilgan.