XANI

XANI (o’zlarini “odamlar” deb atashadi) — Xitoy (1,3 million kishi) va Hindixitoydagi xalqlar guruhi. Umumiy soni 1,48 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Lolobirma til guruhiga mansub tilda so’zlashadi. Xanida poliginiya, levirat, yer, osmon, tog’, ajdodlar ruhiga sig’inishgan. Har bir qishloqdagi “ajdarho daraxti”ga sig’inishgan.