VADOZ SUVLARI
VADOZ SUVLARI (lotincha vadosus — sayoz) — yer po’stining yuqori qismidagi g’ovak, yoriq va bo’shliqlarida joylashgan yer osti suvlari. Atmosfera suvlarining shimilib yig’ilishidan hosil bo’ladi. Ba’zan aeratsiya zonasidagi yer osti suvlarini ham Vadoz suvlari deb ataydilar. Qishloq xo’jaligida ayniqsa quruq iqlimli r-ayonlarda Vadoz suvlaridan sug’orishda foydalaniladi.