XONDRIT
XONDRIT (Yunoncha choundros — donacha) — tosh meteoritlarning eng ko’p tarqalgan turi. Xondrit barcha tosh meteoritlarning qariyb 90% ini tashkil qiladi. Xondritning asosiy xossasi — mayda donachali massada joylashgan mayda sharsimon jismlar — xondralarning mavjudligi, tarkibida 13% ga yaqin nikelli temir donachalari borligi.