Shovqin nima?
Biologlarning aytishicha, shovqin — bu, havoning mexanik tebranishlari bo’lib, biz ularni o’zimizning eshitish organlarimiz orqali qabul qilamiz. Shovqinlar eshituv organlarimizga kelib urilishi bilanoq ularni qabul qilish mumkin bo’ladi. Bu tebranishlar har xil manbalardan tug’iladi. Oddiygina kitobning stoldan tushib ketishi ham tovush tebranishlarining manbai bo’la oladi. Shovqinning darajasi manbaning o’ziga xosligiga bog’liq. Toshdek yerga likopchaning tushib sinishidan tug’iladigan yoki deraza romiga urilayotgan yomg’irning har xil tovushlarini bir qiyoslab ko’ring-chi. Agar shovqin manbai bizdan yiroqlashsa, biz hech narsa eshitmaymiz. Tebranish faqat havo, suv va ayrim materiallar orqali uzatiladi. Hindular o’tkir eshitish qobiliyatiga ega: ular dushman otining tuyog’idan tarqalayotgan tovushni olis masofalardan eshitishadi. Buning uchun ular qulog’ini erga bosib, unda tebranishni anglashsa, bas. Tovush bo’shliqda uzatilmaydi. Bu narsa tajribalarda isbotlangan. Nasos yordamida ichiga elektr qo’ng’irohcha o’rnatilgan shisha idishdan havo so’rib olinadi. Ayon bo’lishicha, shisha idishda havo qancha kamaysa, qo’ng’iroqchaning ovozi ham shu qadar pasayib borgan. Shisha idish ichi havodan ozod qilinganidan keyin ham qo’ng’iroqcha jiringlab turgan, ammo endi uni eshitib bo’lmasdi.