TUG’LUQ TEMUR

TUG’LUQ TEMUR (? 1362 yoxud 1363) — Mo’g’uliston davlati asoschisi va xoni (1348 yildan). Sharqiy Turkistonda uning avlodlari 16-asrning 70-yillarigacha hukmronlik qilgan. Chig’aytoy ulusi parchalanishi jarayonida uning Sharqiy qismida Amir Po’lodchi yordamida Tug’luq Temur tuzgan davlat tarkibiga Sharqiy Turkiston, Janubiy Sibir va Yettisuv kirgan. 1360-1361 yillardagi harbiy yurishlar natijasida Tug’luq Temur Movarounnahrni egallagan. Tug’luq Temur vafotidan so’ng o’g’li Ilyosxoja bilan bo’lgan kurashlarda Sohibqiron Amir Temur mo’g’ullarni Movarounnahr hududidan quvib chiqargan. Tug’luq Temur vorislari faqat Sharqiy Turkistonga egalik qilganlar, xolos.