“Sanoat inqilobi” nima?
Yer yuzida odamzot qadim-qadim zamonlardan buyon yashaydi. Biroq bu uzoq tarixning faqat keyingi 200 yili mobaynida uning kundalik hayotida eng yirik o’zgarishlar yuz berdi. Insonning turmush tarzida va amaliy faoliyatidagi turli o’zgarishlar mashinalarning takomillashtirilishi bilan uzviy bog’liq. Bu olamshumul o’zgarishlar “sanoat inqilobi” deb ataladi. Inson zoti paydo bo’libdiki, o’zi uchun zarur asbob-uskunalar yaratadi. Keyin dastgohlar paydo bo’ldi. Va faqat 1750 yilda birinchi haqiqiy mashina yaratildi. Mashina — bu ham, aslida, mehnat qurolidir, lekin u ishning hammasini yolg’iz o’zi bajaradi, insonni esa energiya, kuch-quvvat sarflashdan ozod etadi. Asbob-uskunalardan mexanizatsiyalashgan dastgohlarga o’tish shu qadar muhim, shu qadar salmoqliki, bu uning hayotining barcha sohalariga ta’sir ko’rsatdi. Shu misolning o’ziyoq bir ixtiro qanday qilib boshqa ixtironi o’z ortidan boshlab kelishini yaqqol ko’rsatadi. Mashinalardan katta foyda ko’rish uchun energiyaning yangi manbaalarini izlashga to’g’ri keladi. Sanoat inqilobi yuz berishiga qadar inson faqat o’z mushaklarining kuchidan, hayvonlar, shamol va suv qudratidan foydalanib keldi. Inson o’zi ixtiro etgan mashinalardan foydalanish uchun yangi manba — bug’lanish (par)ni kashf etishi lozim bo’ldi. Bu esa fabrikalarni barpo etishga olib keldi. Fabrikalar xom ashyo manbalari va unda ishlab chiqariladigan mahsulotlar sotiladigan bozorlarga yaqin joylarda qurila boshlandi. Dastgohlar va mexanizmlarni yanada rivojlantirish yo’lga qo’yilganligi sababli temir va po’latga ko’proq ehtiyoj sezila boshlandi. Shu boisdan yer osti foydali qazilmalarini qazib olishning yangi-yangi usullari yuzaga kela boshladi. Mashinalar tovarlarni (sotiladigan mahsulotlarni) ko’plab ishlab chiqarish imkonini berdi. Pirovardida, endi ularni bozorga tashish uchun transport vositalarini yaxshilash zarur edi. Bu esa, o’z navbatida, yo’llarni yaxshilash, kanallar ochish, temir yo’l transportini rivojlantirish, shuningdek, yirik kemalar va paroxodlar qurishni zaruriyatga aylantirdi, chunki ishlab chiharilgan tovarlarni nihoyatda ko’p olib bozorlarga ham yetkazish kerak edi. Inson butun dunyo bozorlari bilan ish ko’ra boshladi, aloqa vositalarining xizmatiga ehtiyoj kuchaydi. Shu tariqa, telefon va telegraf ixtiro qilindi. Biroq yanada kattaroq o’zgarishlarga ehtiyoj tug’ila boshladi. Fabrikalar kuchaydi, ularda yirik va qimmatbaho dastgohlar u o’z ishlarini fabrikalarda va zavodlarda bajara boshladi. Bu mehnat taqsimotini keltirib chiqardi, ya’ni inson fabrika yoki zavodida butun kun davomida mahsulotning atigi bir qismini yoki arzimas bir bo’lagini tayyorlaydigan bo’ldi, holbuki, u o’z uyida xuddi shu mahsulotni boshdan-oyoq faqat yolg’iz o’zi tayyorlashga majbur edi. Oxir-oqibatda, sanoat inqilobi oddiy va arzon, hamma bemalol sotib oladigan mahsulotlarni ko’plab miqdorlarda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish imkoniyatini vujudga keltirdi.