Konveyer nima?
Konveyerlar-to’xtovsiz harakatdagi tasmani anglatadi. U rezinada yoki boshqa egilib-bukiluvchan materialdan qilinib, konveyer tasmasini mustahkamlash uchun unga mahkamlab yopishtiriladi. Konveyer tasmasiga qarasang, uning boshi-adog’i yo’qday tuyuladi. Tasma elektr motor bilan harakatga keltiriladigan roliklar atrofida aylanadi. Tasma so’nggi rolikka etib, ortiga buriladi va birinchi rolikka qadar harakatlanadi. Tasmalar shu tarzda uzluksiz aylanaveradi. Bunday konveyer sanoatda keng qo’llaniladi. Konveyerda ishlaydigan ishchi o’z o’rnidan turmay detallarni yig’adi va o’zidan keyingi ishchiga konveyer tasmasi orqali uzatadi. Yig’iladigan qismlar bir-biri bilan bog’liq va pribor (buyum) bu qismlarning birontasi bo’lmasa ishlamaydi. Yig’ish jarayoni shunday bajariladi. Biroq konveyer xizmati ijobiy fazilatlar bilan birga salbiy jihatlarga ham ega. Unda ishlaydiganlar ishlab chiqarish jarayonida o’zlarining bir vint, tarkibiy bir qism ekanligini biladilar. Soatlar davomida bir xil ishni bajarish — kishini toliqtiradigan mashg’ulotdir. Shu sababli hozirgi paytda oddiy va bir xildagi ishlarni bajarish robotlar zimmasiga yuklatilib, odamlar konveyerdan xalos qilinmoqda. Bunday ish usuli eng avvalo Yaponiyada joriy etilmoqda. Lekin ishlab chiqarishni robotlashtirish to’la-to’kis hal qilingani yo’q. Ehtimol, kelgusida avtomatlashtirilgan zavodlar paydo bo’lar: taraqqiyotning imkoniyatlari cheksizdir.