FULA

FULA, fulbe, fulfulde, fulani, ful, Pyol, tukulor — kongokordofan tillark oilasining g’arbiy Atlantik tarmog’iga mansub, G’arbiy Afrikada Atlantika okeani qirg’oqlaridan Chad ko’ligacha bo’lgan hududda (Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Senegal, Burkina Faso, Niger va boshqa mamlakatlarda) tarqalgan til. Ba’zi hududlarda, ayniqsa, Gvineya va shimoliy Kamerunda qabilalararo, urug’lararo aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. So’zlashuvchilarning umumiy soni 23 million kishidan ortiq (o’tgan asrning oxirlari). Asosiy laxjalari: futatoro (Senegal), futajallon (Gvineya), masina (Mali), shimoliy Nigeriya (Nigeriya), adamaua (G’arbiy Nigeriya, Kamerun). F.ning fonetik belgilari: undoshlar tizimida jarangsiz, jarangli, bo’g’iz, burun undoshlari farklanadi; unlilar kiskalik — cho’ziklik bo’yicha ajratiladi. Fula tuzilishi, asosan, sintetik, qisman agtlyutinativ xususiyatga ega. Fulada 17— 19-asrlarda diniy, tarixnavislik, maishiy mazmundagi matnlar yaratish maksadida Arab yozuvining ajamiy deb nomlangan turidan foydalanilgan; 20-asrning 2-yarmida lotin grafikasi asosidagi yozuv keng tarqaladi, folklor matnlari, marosim va epik she’riyat namunalari nashr etiladi. Shunday bo’lsada, umumiy adabiy me’yor mavjud emas. Ad.: Koval A. I., Zubko G. V., Yazik Fula, M., 1984.