XAAVELMO (HAAVELMO) TRYUGVE

XAAVELMO (HAAVELMO) TRYUGVE (1911 — Oslo — 1999) — norveg iqtisodchisi. Oslo universitetini tugatgan (1933). 1947-79 yillarda Oslo universiteti iqtisodiyot professor, Garvard universitetida yoqlangan dissertatsiyasida (1944 yilda e’lon qilingan “Ekonometriyada ehtimollik yondashuvi” asari) ekonometriya nazariyasini yangi g’oyalar bilan boyitdi. “Iqtisodiy nazariya evolyutsiyasi bo’yicha tadqiqotlar” (1954) asarida iqtisodiy taxlil usulini qo’llab global iqtisodiy tengsizlik muammolarini o’rgandi. “Investitsiya nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar” (1960) asari ham muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1989).