XAMXIN

XAMXIN – KXDRning Sharqiy qismidagi shahar. Sonchxongan daryosi bo’yida. Xamgyonnamdo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 701 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Sharqiy Koreya qo’ltig’i yaqinidagi port. Mamlakatning eng yirik kimyo (sun’iy buyumlar, plastmassa) sanoati Markazi og’ir mashinasozlik, rangli metallurgiya (alyuminiy), elektrotexnika, to’qimachilik, poyabzal, oziq-ovqat, tsement sanoati korxonalari, GES kaskadi bor. Baliq ovlanadi.