XEFREN
XEFREN (Yunoncha Chephren), Xafra (miercha) — Misr fir’avni (miloddan avvalgi 27-asr oxiri — 26-asr boshi). Xeopsning o’g’li yoxud ukasi. Gerodot uni Xeopsning despotik hokimiyatini davom ettiruvchi sifatida ta’riflaydi. G’izodagi Xefren ehromi — kattaligi jihatidan 2-bo’lib (balandligi 143,5 metr), qadimda yashirin yo’l orqali vodiydagi granit ibodatxona bilan bog’langan; ibodatxonadan Xefrenning dioritdan ishlangan 2 haykali topilgan (Krhiradagi Misr muzeyida saqlanadi). Ehrom yaqinida Xefren davrida qoyatoshlardan o’yib ishlangan Sfinksning ulkan haykali bor.