XIYOBONTEPA
XIYOBONTEPA — Toshkent shahrining Eski shahar qismi markazida, Kaykovus kanali bo’yida joylashgan arxeologik yodgorlik, qishloq tutashgan qasrko’shk (7- asr; 9-13-asr boshi). 1924 yil M.E.Masson tomonidan qayd etilgan, Toshkent arxeologik ekspedisiyasi tekshirgan (1968— 69). Xom g’ishdan qurilgan ko’shkning eng baland tagkursi qismi xarobalari saqlangan. Saqlanmagan yuqori madaniy qatlami 9-12-asrlarga mansub bo’lib, o’sha davrda qasr Binkatning ichki rabodi tarkibiga kirgan va uning xarobalari rabod binolari ostida qolib ketgan. Xiyobontepa shahar hududi sifatida mo’g’ullar istilosiga qadar (13-asrning 1-choragi) mavjud bo’lgan.