HUDAYCHI
HUDAYCHI, udaychi (Arabcha — boshqarmoq, yo’l ko’rsatmoq) — O’rta Osiyoda Amir yoki xon saroyidagi mansab. Hudaychi 2 darajaga bo’lingan: “hudaychiyi dasti rost” (“o’ng qo’l hudaychi”) va “hudaychiyi dasti chap” (“chap qo’l hudaychi”). Ular oliy hukmdorning o’ng va chap yonida turib, saroyda o’tkaziladigan turli marosim va tantanalarni boshqargan. 1-sining haq-huquqlari 2-sinikidan bir oz kengroq bo’lgan. Har ikkisi ham boshqa amaldorlardan farq qilish uchun qizil hassa (aso) tutgan.