SHAR ZOND

SHAR ZOND — ichiga vodorod to’ldirilgan rezina shar; atmosferaning quyi qatlamlarini tadqiq etish uchun unga meteorograf biriktirilgan. Shar zond ma’lum balandlikka etgach, rezina shar yorilib (tashqi bosim kamayishi natijasida), meteorograf parashyutda yerga qaytib tushadi. Undan meteorologlar atmosferaning holati, fizik parametrlari haqida muhim ma’lumotlarni oladilar.