SHARQIY GRENLANDIYA OQIMI

SHARQIY GRENLANDIYA OQIMI – Shimoliy Muz okeanidagi sovuq yuza oqim, Arktika havzasini kesib o’tuvchi oqimning davomi. Suvining temperaturasi Grenlandiya qirg’oqlari yaqinida 0° dan past, yozda 2,4° gacha. Tezligi 0,9 km/soat. Grenlandiyaning Sharqiy qirg’oqlari bo’ylab shimoldan janub tomon yo’nalgan. Kengligi 350 — 540 kilometr. Aysberg ko’p.