SHARQIY TINCH OKEAN KO’TARILMASI

SHARQIY TINCH OKEAN KO’TARILMASI — Tinch okeandagi suv osti o’rtaliq tizmasi, boshqa o’rtaliq tizmalardan okeanning Sharqiy chekkasi tomon siljiganligi bilan farqlanadi. Uzunligi 7600 kilometr, eni 850 kilometrgacha, tizmalar ustidagi eng kam chuqurligi 732 metr. Eng baland cho’qqilari Pasxa va Galapagos orollarini tashkil etadi. Juda keng va yon bag’irlarining cho’zilib ketganligi uchun ko’tarilma deyiladi.