SHIBIRMA

SHIBIRMA — isirg’a turi; 20-asr o’rtalarida yaratilgan. Zargarlar Shibirmada shabaka usulini qo’llab chiroyli shakl yechimiga erishgan. Barg (yurak) shaklidagi halqa ichi (markazi)ga dumaloq yoki oval shakli simli panjara ishlanib, durlar terilgan spiral simli shokilalar osilgan.