SHIFER

SHIFER (nemischa) — tom yopishda ishlatiladigan qurilish materiali. Tabiiy gilli slanesdan yupqa plita shaklida tayyorlanadi. To’lqinsimon profilli va yassi Shiferlar bo’ladi. Shifer mustahkam, suv o’tkazmaydigan, o’tga va sovuqqa bardoshli, ko’pga chidaydigan material. Mo’rtligi va og’irligi uning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Qurilishda asbestsement Shiferlar keng tarqalgan.