FATALIZM

FATALIZM — (lotincha fatalis — taqdirga oid) — hamma voqealarning azaldan belgilab qo’yilganligi to’g’risidagi ta’limot; mavhum taqdirga (antik stoisizm), “peshonaga yozilgan” taqdiri azalga (Islom va boshqa dinlar) va shu kabilarga ishonish. Fatalizm narsa va hodisalarning rivojlanishi, shu jumladan, insonning hayoti va oldindan belgilanganligi va binobarin, yangi imkoniyatlarning paydo bo’lishini inkor etadi. Falsafa tarixida Fatalizmni Iroda erkinligi qanday hal qilinganligiga qarab 3 asosiy turga ajratish mumkin: mifologik Fatalizm — irodani aqldan tashqarida, “qorong’i taqdir” deb qaraydi; teologik Fatalizm — takdir Xudo qudratiga bog’liq, inson tug’ilishidan oldin uning kim bo’lishi, nimalar qilishi peshonasiga yozib qo’yilgan deyiladi. Bu nazariya kalomning eng muhim aqidalaridan hisoblanadi, u kalvinizm va yansenizmda o’zining izchil ifodasini topgan; ratsionalistik Fatalizm (mexanistik determinizm bilan qo’shiluvchi) — tasodifni va inson irodasi azaliy takdirning zarur sharti deb qaraydi. Uning namoyandalari (pifagorchilar, Demokrit, Nisshe va boshqa) doiraviy aylanishning muayyan davrasida voqealar mutlaq takrorlanishini ta’kidlaydi.