FERROQOTISHMALAR

FERROQOTISHMALAR – temir (G’e)ning kremniy (Si), marganes (MP), xrom (Sg) va boshqa elementlar bilan qotishmalari. Metallurgiya sanoati uchun xom ashyo (chala mahsulot) hisoblanadi. Tarkibida temir faqat qo’shimcha sifatida ishlatilgan ba’zi qotishmalar (masalan, silikomarganes, silikokaltsiy) hamda texnik jihatdan sof bo’lgan ba’zi metallar va nometallar (metall marganes, metall xrom, kristall kremniy) ham shartli ravishda Ferroqotishmalar jumlasiga kiritiladi. Ferroqotishmalarning suyuklanish trasi sof metallning suyuklanish trasidan pastroq bo’ladi. Shuning uchun Ferroqotishmalar suyuq po’latga qo’shilganda ular osongina eriydi. Ferroqotishmalar rudalar yoki kontsentrlangan elektr pechlar va suyuklantirish shaxtalari (Gorn)larda olinadi.