GABARIT
GABARIT (Fransuzcha gabarit) — binolar, vagonlar, kemalar, ko’priklar, mashinalar, tunellar va boshqalarning tashki va ichki chegaraviy qiyofasi; eng katga tashki va ichki o’lchamlari (uzunligi, balandligi, eni, kulochi). Masalan, tunnellar va ko’priklarning o’lchamlari transport vositalari, kemalarning bemalol va xavfsiz o’tib ketishini ta’minlashi lozim. Binolar, inshootlar, qurilmalarning temir yo’l iziga yakinlik Gabariti avtomobil va avtopoezdlarning standart bo’yicha ruxsat etiladigan Gabariti va boshqalar farqlanadi.