GERMANIYA-ITALIYA SHARTNOMASI

GERMANIYA-ITALIYA SHARTNOMASI —fashistlar Germaniyasi bilan Italiya siyosiy va harbiy hamkorligi to’g’risidagi pakt. 1939 yil 22 mayda Berlin shahrida 10 yil muddatga tuzilgan. Germaniya-Italiya shartnomasi har ikkala davlatning harbiy-siyosiy blok tuzish ishini nihoyasiga yetkazdi. U “Berlinrim o’qi”ni tuzish haqidagi 1936 yil bitimining davomi, 1939-45 yillardagi 2-jahon urushini boshlashga harbiydiplomatik jihatdan hozirlik ko’rishning muhim bosqichi bo’ldi. 1940 yil iyunda Italiya Germaniya tomonida bo’lib urushga kirdi.