GAZ TURBINALI ELEKTR STANTSIYA

GAZ TURBINALI ELEKTR STANTSIYA — elektr generatorni harakatga keltirish uchun gaz turbinasidan foydalaniladigan issiqlik elektr stantsiyasi. Yer ostida ko’mirni gazlash mahsulotida ishlaydigan stansiya sifatida paydo bulgan. Gaz turbinali elektr stantsiya tirkama furgonlar yoki temir yo’l platformalarida ko’chirib yuriladi. Uni ishga tushirish, yonilg’i va moy baklarini to’ldirish avtomat-lashtirilgan. Undan kon va qurilishda vaqtincha foydalaniladi. Asosiy elektr tarmoqlarida avariya yuz bergan yoki ko’p energiya kerak bo’lgan hollarda Gaz turbinali elektr stantsiyani ehtiyot manba sifatida ishlatish mumkin.