GAZOYL

GAZOYL (gaz va inglizcha oil — moy) — solyar moyi; molekulasida asosan 12 dan 35 tagacha uglerod atomi bo’lgan uglevodorodlar va tarkibida oltingugurt, azot va kislorod bo’lgan qo’shimchalardan iborat aralashma. Molekulyar modda 150-500, qaynash temperaturasi 200-500°. Neftni qayta ishlash jarayonida kerosin va yengil sanoat moylari oralig’ida ajralib chiqadi. Gazoyl asosan dizel yoqilg’isi, katalitik kreking uchun xom ashyo va surkov moylari sifatida ishlatiladi.