JAHONDORSHOH

JAHONDORSHOH (18-asr) – Boburiylar sulolasiga mansub hukmdor. Bahodirshoh I (1643-1712) ning o’g’li. Otasi vafot etgach (1712), taxtga o’tirgan. Ammo, birodarlari — AziymushSha’n, Rafiy’ushsha’n va Jahonshoxlar o’zaro taxt talashib unga qarshi urush boshlaganlar. Natijada Jahondorshoh 11 oy hukmdorlik qilgach, Agrada bo’lgan jangda aziy- mushsha’nning o’g’li — Farax tomonidan o’ldirilgan.