FUGA

FUGA (italyancha fuga — yugurish, qochish) — polifoniyaning erkin uslubidagi murakkab va eng mukammal musiqiy shakli. Odatda, bir (oddiy Fuga), ba’zida ikki va undan ortiq (murakkab Fuga) mavzularni imitasiya va boshqa polifonik vositalar yordamida rivojlantirishga asoslanadi. Fuga mavzusi ixcham bo’lib, muayyan obrazni aks ettiruvchi bir ovozli kuydir. Gomofoniya uslubi ta’sirida qaror topgan Fugada mavzuning barcha ovozlar bo’ylab o’tkazilishi (mavzuning “yugurishi” — nomi shundan) muayyan ladtonallik (garmoniya) rejasiga muvofiq bajariladi. “Fuga” atamasi dastlab (14-17-asrlar) Kanonga nisbatan qo’llanilgan. 17-asrda richerkar, kansona, fantaziya (I.Froberger, J. Freskobalvdi, Ya.Svelink) kabi cholg’u shakllar zaminida Fuga yuzaga kelib, I.S.Bax, G.F.Gendel ijodida yuksak badiiy darajasiga ko’tariddi. Fuga mustaqil cholg’u asar, tur kum shaklining muayyan qismi sifatida (masalan, I.Bax, D.Shostakovich, O’zbekistonda — G. Mushel, T. Qurbonovlarning “Prelyudiya va F.”turkumlari), yirik asar tarkibida (messa, oratoriya, kantata — G. Gendel, Y.Gaydn, S.Taneev; operada — M.Glinka, J.Verdi, R.Vagner; simfoniyada — S.Raxmaninov) bo’lishi mumkin.