SARJA

SARJA (lotincha sericus — shoyi) — 1) tabiiy yoki kimyoviy tolalardan sarja (shoyisimon) o’rilishda to’qiladigan gazlama. Sidirg’a bo’yalib yoki gul bosib ishlab chiqariladi. Ayollar kuylagi tikish uchun, astarlik, texnik gazlama va boshqalar sifatida ishlatiladi; 2) sarja urilishning qisqacha nomi.