FEDIN KONSTANTIN ALEKSANDROVICH

FEDIN KONSTANTIN ALEKSANDROVICH [1892.12(24), 2. Saratov 1977.15.7, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi, akademik (1958), Mehnat Qahramoni (1967). “Shaharlar va yillar” (1924) romanida fuqarolar urushi davridagi ziyolilarning hayot yo’li hikoya qilingan. “Evropaning o’g’irlanishi” (1—2-kitob, 1933— 35) va “Arktur” sanatoriysi” (1940) romanlarida yangi jahon urushi arafasida G’arbiy Yevropadagi siyosiyijtimoiy muhit tanqid qilingan. 2-jahon urushi yillarida “tuyg’ular sinovi” pyesasini (1942), “aholi yashaydigan bir necha punkt” hikoya va ocherklar to’plami (1943) ni yozgan. Urush yillari yozgan trilogiyasi (“Dastlabki sevinchlar”, 1945; “ajoyib yoz”, 1947— 49; “gulxan”, 1—2-kitob, 1961-65) da 1910 yildan 2-jahon urushi oxiriga qadar bo’lgan voqealar qamrab olingan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: dastlabki sevinchlar, T., 1967; O’tmish bilan uchrashuv [hikoyalar], T., 1971.