FELLINI FEDERIKO

FELLINI FEDERIKO (1920.20.1, Rimini — 1993) — Italiya kinorejissyori. 1937 yildan Florentsiya, keyinroq Rimda jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, sug’urta agenti, vitrina bezovchi, karikaturachirassom, reportyor ham bo’lgan. 1942 yildan tijorat uchun ishlangan komediya va melodramalarga stsenariy yozgan. R. Rosselinining “Rim—ochiq shahar”, “Payza” filmlari yaratilishida qatnashgan. Neorealizm an’analaridan foydalangan holda o’zining yorqin kinematografik uslubini yaratdi (“oq Shayx”, “onasining bolalari”, “yo’l”, “Shirin hayot” va boshqalar). “Sakkiz yarim” nomli yangi yo’nalishdagi filmida Real obrazlar oqimini qahramonlarning sub’yektiv qarashlari bilan birlashtirdi. “Rim”, “Amarkor”, “orkestr repetisiyasi”, “intervyu”, “oyning ovozi” kabi filmlari Italiyaning tarixiy taqdiri, milliy mintalitet masalalariga bag’ishlandi. Fellini ijodiga bag’ishlangan “Chao, Federiko” filmi ishlangan (rejissyor G. Baxman, 1969).