HAKIMOV OLIM
HAKIMOV OLIM (1919.12.5 -Bo’stonliq tumani, Burchmulla qishlog’i — 2003.20.11) — 2-jahon urushi qatnashchisi, mayor. 1939 yildan armiyada. 1941 yil Leningrad harbiy siyosiy bilim yurtini tugatgan. 487-o’qchi polki bataloni (1-Belorussiya fronti 47-armiyaning 143-o’qchi diviziyasi) ofitseri. 1945 yil 16 yanvarda Polshaning LOMNA aholi punkti yonida Visla daryosini kechib o’tib, plasdarmda bo’lgan jangda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1945 yil 27 Fevral). Urushdan so’ng turli rahbar lavozimlarda ishlagan.