RAMSES II

RAMSES II (taxtga o’tirgandan so’ng —Usermaat-Rasotepenra) — Misr fir’avni (miloddan avvalgi 1290-24). Misrning 14-asr boshida Falastinda yo’qotgan mavqeini qayta tiklagan. Xettlar bilan uzoq muddat kurashgan; keng miqyosda qurilish bunyodkorlik ishlari olib borgan: Abidos, Fivada (Ramesseum) ibodatxonalar. Karnaka va Luksordagi inshootlar, Abu Simbaldagi har 2 g’or ibodatxonasi, Edfu ibodatxonasi va boshqalar.