Randak
Randak (Agrostemma githago) — chinniguldoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Bo’yi 20-70 santimetr. Bargi ensiz, poyada ikkitadan qarama-qarshi joylashgan. Guli to’q pushti, yirik. Mevasi ko’saksimon. Urug’i qora, g’adirbudur. May oyida gullaydi, mevasi iyunda pishadi. Lalmikor yerlarda o’sadi. O’zbekistonda faqat Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida arpa va bug’doyzorlarda, yo’l yoqalarida uchraydi. Urug’ida 6,5% cha zaharli saponin, gistagin va bopshqalar bor. Randak urug’i aralashgan donni egan parranda, hayvon va hatto odam zaharlanishi mumkin.
O‘xshash so‘zlar
- Randa
- Randa
- Randa
- Randeya sulhi
- Randalash stanogi
- Randbalka (randto’sin)
- Randalamoq (silliqlamoq)
- Randa dasta (randa yog’ochi)











