MAADI

MAADI — eneolit davriga oid qadimgi dehqonchilik manzilgohi (miloddan avvalgi 4-ming yillikning 2-yarmi). Qohira (Misr) yaqinidan topilgan. 20-asrning 30-yillarida tekshirilgan. Maadidan burdoy, arpa qoldiqlari, kanakunjut donlari (kanakunjut moyi olingan), uy va yovvoyi hayvonlar, baliq suyaklari, mis va tosh qurollar, sopol idishlar, yorg’uchoqlar, taqinchoqlar topilgan.