SAYYOHLAR DARAXTI

SAYYOHLAR DARAXTI (Ravenala madagascariensis) — strelitziyadoshlar oilasiga mansub daraxt. Bo’yi 10 metrgacha, barglari yirik, o’rta tomirlarigacha bo’laklarga bo’lingan, tovusning yoyilib turgan patlarini eslatadi. Guli boshoqsimon to’pgulda o’rnashgan, qushlar vositasida changlanadi. Mevasi rezavor, bodringga o’xshaydi. Madagaskar va Reyunon orollarida o’sadi. Cho’l va saxrolarda sayyohlar uning soyasida oftobdan saqlanishadi; barg qo’ltig’ida shudring va yomg’ir tomchilaridan hosil bo’ladigan suvdan ichib, chanqoqlarini qondirishadi.